STANDARD VA ADDITIONAL BO‘LIMI KOMPONENTLARIDAN FOYDALANISH YO‘LLARI.


1.      Delphi dasturini ishga tushirish.

 Pusk ¤ Programmi ¤ Borland Delphi 7 ¤ Delphi7.

Izoh: Delphi boshqa ilovalar kabi oddiy usulda ishga tushiriladi, ya’ni Borland Delphi7 menyusidan Delphi7 buyrug`i tanlanadi.

1.      Delphi ishga tushganidan Delphi-dasturlash tilining interfeysi ko`zga tashlanadi:

 Bu oynada bir vaqtning o`zida 5 ta dialog oyna paydo bo`ladi:

· Delphi7 ning bosh oynasi;(Bosh oynada buyruqlar menyusi, qurollar paneli, komponentalar palitrasi joylashtirilgan)

· Form1 - boshlang`ich forma oyna;( Boshlang`ich forma oynasi (Form1) yaratiladigan loyixa uchun oldindan tayyorlangan ishlanmadan iborat)

2.      Object Inspector va Object TreeView oynalarining imkoniyatlari bilan tanishish

·    Object Inspector - ob’ektlar hususiyatini tahrirlash oynasi;( Object Inspector— ob’ektlarning hususiyatlarini tahrirlash oynasi ob’ektlarning hususiyatlarini o`zgartirish uchun mo`ljallangan. Ob’ekt deganda dialog oynalari, boshqarish elementlari (kiritish va chiqarish maydonlari, buyruqli tugmalar, o`chirgichlar va x.k.) nazarda tutiladi. Ob’ektning hususiyati esa ob’ektning ko`rinishi, holati, hulqi kabi xarakteristikalarini bildiradi. Masalan, Width va Height hususiyatlari formaning o`lchamlarini (balandligi va kengligi) belgilasa, Tor va Left formaning ekrandagi holatini aniqlaydi, Caption hususiyati sarlavha matnini ko`rsatadi. )

·    Object TreeView – ob’ektlar ro`yxatini ko`rish oynasi;

·    Unitl.pas – kodlarni tahrirlash oynasi.(Kodlarni tahrirlash oynasida dastur matni yoziladi. Yangi loyixa ustida ish boshlanganda, kodlarni tahrirlash oynasida Delphi da yaratilgan tayyor dastur shabloni joylashgan bo`ladi.)



Izoh: qodlarni tahrirlash oynasi deyarli to`laligicha boshlang`ich forma oynasi bilan yopib qo`yilgan.

3.      Yangi loyiha yaratish.

1.      File (Fayl) menyusidan New ¤ Application (Sozdat ¤ Prilojenie) buyrug`ini tanlang.

2.      uchburchak yuzasini xisoblash uchun kurakli kemponentlarni loyixa oynasiga joylashtiring(Label-5ta , Edit-3 ta, Button-1ta)



3.      Formaning ob’ektining hususiyatlarini aniklang va belgilang.

 Forma xossalari

Hususiyat

Mazmuni

Name

 Formaning nomi.

Caption

Sarlavha matni

Width

Formaning kengligi

Height

Formaning balandligi

Top

Formaning yuqori chegarasidan ekranning yuqori

chegarasigacha bo`lgan masofa

Left

Formaning chap chegarasidan ekranning chap

chegarasigacha bo`lgan masofa

BorderStyle

 Chegaraning ko`rinishi. Chegara oddiy (bsSizeable), ingichka (bs Single) bo`lishi yoki umuman bo`lmasligi (bsNone) mumkin. Agar oynaning chegarasi oddiy bo`lsa, uni foydalanuvchi sichqonchadan foydalanib, o`zgartirish mumkin. Ingichka chegarali oyna o`lchamlarini o`zgartirib bo`lmaydi. Agar chegara bo`lmasa, u holda ekranga sarlavhasiz oyna chiqarilishi mumkin. Bunday oynaning holati va o`lchamlarini dasturning ishi mobaynida o`zgartirish mumkin emas.

BorderIcons

Oynani boshqarish tugmalari. Hususiyatinig qiymati dasturning ishi davomida foydalanuvchilar qaysi tugmalardan foydalanish mumkinligini ko`rsatadi. Hususiyatning qiymati biSystemMenu, biMinimaze, biMaximaze va biHelp hususiyatlarining qiymatlarini aniqlash orqali beriladi. biSystemMenu hususiyati ixchamlash va sistema tugmalariga, biMinimaze— ixchamlash tugmasiga, biMaximaze — kengaytirish tugmasiga, biHelp — ma’lumotnomalarni chiqarish tugmasi bilan ishlashga ruxsat beradi.

Icon

Dialog oynasi sarlavhasidagi sistema menyusini chaqirishni anglatuvchi nishon.

Color

Fon rangi.

Font

 Shrift.

Kiritish maydoni Edit komponentasi hususiyatlari      

Hususiyati

Mazmuni

Name

 Komponentning nomi.

Text

 Kiritish va tahrirlash maydonidagi matn

Left

 Komponent chap chegarasidan formaning chap chegarasigacha bo`lgan masofa

Top

 Komponent yuqori chegarasidan formaning yuqori chegarasigacha bo`lgan masofa

Height

 Maydonning balandligi

Width

 Maydonning kengligi

Font

 Kiritilayotgan matn uchun shrift

ParentFont

Komponenta tomonidan forma shrifti alomatlarini meros qilib olish belgisi. Agar hususiyatning qiymati True bo`lsa, u holda formaning Font hususiyati o`zgarganda komponentaning Font hususiyati ham avtomatik tarzda o`zgaradi.

Tayyorlanayotgan ilova formasiga to`rtta Label komponenta-sini qo`shish lozim. 1-maydon axborotnoma uchun, 2- va 3 - maydonlar kiritish maydonlarining maqsadini ko`rsatish uchun, 4-maydon esa hisob natijasini (tezlikni) chiqarish uchun mo`ljallangan.

Label komponentasining hususiyatlari 5-jadval

Hususiyati

Mazmuni

Name

Komponentaning nomi,

Caption

Chiqariladigan matn

Font

Matnning shrifi

ParentFont

Forma belgilarini komponenta tomonidan meros qilib olinishi. Agar hususiyatning qiymati True bo`lsa, matn forma uchun belgilangan shriftda chiqariladi.

AutoSize

Maydonning o`lchami unga yozilgan belgilar soniga qarab belgilanadi.

Left

Chiqarish maydonining formaning chap chegarasidan chekinish masofasi

Top

Chiqarish maydonining formaning yuqori chegarasidan chekinish masofasi

Height

Chiqarish maydonining balandligi

Width

Chiqarish maydonining kengligi

Wordwrap

So`zlar joriy satrga sig`maganda, ularni avtomatik tarzda navbatdagi satrga o`tkazish alomati.

Button komponentasining hususiyatlari

Hususiyati

Mazmuni

Name

Komponenta nomi. Dasturda komponenta va uning hususiyatlariga murojaat qilishda ishlatiladi.

Caption

Tugma ustidagi matn

Enabled

Tugma bilan ishlashga ruxsat. Uning qiymati True bo`lsa tugma bilan ishlash mumkin, aks holda – yo`q.

Left

Chiqarish maydonining formaning chap chegarasidan chekinish masofasi

Top

Chiqarish maydonining formani yuqori chegarasidan chekinish masofasi

Height

Tugmaning balandligi

Width

Tugmaning kengligi

Additional bo’limi komponentlari

Additional sahifasi yordamida dasturning foydalanuvchi interfeysini yanada yaxshilash mumkin.

Additional bo’limi komponentlari

Additional sahifasi yordamida dasturning foydalanuvchi interfeysini yanada yaxshilash mumkin.

Komponentlar ro‘yxati:

TBitBtn
 Tbuttonga o‘xshash tugma, lekin unda tasvir (glyph)ni o‘rnatish mumkin.).

TSpeedButton


 - buyruqlarga tezkor murojaat panelini yaratish tugmasi. Odatda bu tugmaga faqat tasvir (glyph) joylashtiriladi.

TTabSetGorizontal sarlavhalar. Odatda ko‘p sahifali oynalarni yaratish uchun TNoteBook bilan birgalikda qo‘llanadi. Sahifalar nomlarini Tabs xususiyatida berish mumkin.:

TNoteBook – ko‘p sahifali muloqotni yaratish uchun mo‘ljallanganyu bunda har bir sahifaning o‘z obektlar to‘plami bo‘ladi. Ko‘pincha TtabSet bilan birgalikda ishlatiladi.

TTabbedNotebook – sardavhalari o‘zida bo‘lgan ko‘p sahifali muloqotlar yaratish.

TMaskEdit


 - Tedit ga o‘xshash, lekin, kiritishni formatlash mumkin. Format EditMask xususiyatida aniqlanadi.

TOutline – o‘zaro bog‘langan ma’lumotlarning iyerarxik munosabatini ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

TStringGrid


- matnli ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida chiqaradi.

TDrawGrid


- ixtiyoriy tipdagi ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida chiqaradi.

TImage


- formada grafik tasvirlarni namoyish qiladiotobrajayet. Asosan BMP, ICO, WMF fayllarni qabul qiladi.

TShape


- formada oddiy grafik obekt (aylana, kvadrat ...)larni namoyish qiladi.

TBevel


- interfeysni relefli bezash uchun xizmat qiladi

THeader – jadvallar uchun o‘zgaruvchan kenglikka ega bo‘lgan sarlavhalarni saqlaydi.

·         TScrollBox


- formada ekranga sig‘maydigan obektlarni ko‘rsatish imkonini beruvchi yo‘lakchalarni hosil qiladi.

Additional bo’limi komponentlari va ularning hossalari

StringGrid jadval komponentasi

  StringGrid jadval komponentasi ikki o’lchovli ma’lumotlarni, masalan matrisa elementlari qiymatini ekranda jadval ko’rinishda tasvirlash, ular qiymatini kiritish va tahrirlash uchun ishlatiladi. Jadval qator va ustun numerlari nuldan boshlanadi. Jadval ustun va qatorlar sonini keraklicha o’zgartirish mumkin. Bu uning xossasi yordamida aniqlanadi.           Jadvalning har bir kesishgan ustun va satri yacheyka deyilib, unga kiritilgan ma’lumot simvol qatori bo’lib aniqlanadi. Masalan, (3,5) yacheyka to’rtinchi ustun va oltinchi qatorda joylashgan.

StringGrid jadval komponentasining asosiy xossalari:

Hususiyat

Mazmuni

ColCount

-jadvaldagi ustunlar sonini aniqlaydi;

RowCount

-jadvaldagi satrlar sonini aniqlaydi;

FixedCols

-fiksirlangan ustunlar sonini aniqlaydi;

FixedRows

-fiksirlangan satrlar sonini aniqlaydi;

Options

–jadvad holatini aniqlaydi (aniqlash uning pamametrlariga asosan bajariladi, masalan GoEditing parametr true qiymatga ega bo’lsa yacheykani tahrirlash mumkin, aks holda mumkin emas. Bu parametrlarni aniqlash uchun Options xossasiga o’tib u ikki marta tez-tez bosiladi);

ColWidths

-jadvaldagi har bir ustun kengligini aniqlaydi;

DefaultColWidth

-jadvalning boshlang’ich ustunlar kengligini aniqlaydi;

DefaultRowHeight

-jadval satrining boshlang’ich balandligini aniqlaydi;

FixedColor

-fiksirlangan yacheyka rangini aniqlaydi;

RowHeights

-jadval satri balandligini aniqlaydi;

Cells

-simvol qatorli ikki o’lchamli massivni aniqlaydi.

M i s o l -1.

  Butun qiymatli A(4,4) massiv elementlari yig’indisi va o’rta armfmetik qiymati topilsin.

E ch i sh

1.Yangi ilova yaratamiz.

2.Formaga Additional komponentalar palitrasidan StrinGrid komponentasini StrinGrid1 nom bilan, Standart komponentalar palitrasidan Memo komponentasini Memo1 nom bilan va Botton1 tugmalarini o’rnatamiz.

3.StrinGrid komponentasining xossalarini o’rnatamiz.

  FixedCols -0,

  FixedRows -0,

  ColCount -4,

  RowCount -4.

Demak, hosil qilinadigan jadval 4 ta ustun va 4 ta satrga ega.

  Option xossasiga kiramiz va uni ikki marta tez-tez chiqillatamiz. U yerdan GoEditing parametrini True qiymatga tenglashtiramiz.

4.Botton1 tugmasining Caption xossasiga kirib uning nomini “Echish” nomiga o’zgartiramiz.

5.”Echish” tugmasini aktivlashtiramiz, ya’ni uni ikki marta tez-tez bosib dastur kodlarini yozish oynasiga o’tamiz va quyidagi kodlarni kiritamiz.

Var i,j,cod:integer;

A:array[1..4,1..4] of Real;

S:real; s1:String;

begin

For i:=1 to 4 do

For j:=1 to 4 do

Val(StringGrid1.cells[i-1,j-1],a[i,j],cod);

S:=0;

For i:=1 to 4 do

For j:=1 to 4 do

s:=s+a[i,j];

Str(s:7:2,s1);

Memo1.Clear;

Memo1.Lines.add('Summa ='+s1);

s:=s/4/4;

Str(s:7:2,s1);

Memo1.Lines.add('Ortacha='+s1);

end;

4.Tuzilgan loyiha (proekt) ya’ni Project1 va Unit1 standart modul nomlarini mos nomlar bilan almashtirib saqlaymiz.

5.Yangi nom bilan saqlangan proekt, ya’ni ilova F9 tugmachasini bosish bilan ishga tushuriladi.

  Ilova ishga tushirilganda uning quyidagi ko’rinishi ekranda namayon bo’ladi.




Tashkil qilingan modulning to’liq ko’rinishini keltiramiz.

unit j1;

interface

uses

Windows, Messages, SysUtils, Variants, Classes, Graphics, Controls, Forms,

Dialogs, Grids, StdCtrls;

type

TForm1 = class(TForm)

StringGrid1: TStringGrid;

Button1: TButton;

Label1: TLabel;

Memo1: TMemo;

procedure Button1Click(Sender: TObject);

private

{ Private declarations }

public

{ Public declarations }

end;

var

Form1: TForm1;

implementation

{$R *.dfm}

procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);

Var i,j,cod:integer;

A:array[1..4,1..4] of Real;

S:real; s1:String;

begin

For i:=1 to 4 do For j:=1 to 4 do

Val(StringGrid1.cells[i-1,j-1],a[i,j],cod);

S:=0;

For i:=1 to 4 do For j:=1 to 4 do s:=s+a[i,j];

Str(s:7:2,s1);

Memo1.Clear;

Memo1.Lines.add('Summa ='+s1);

s:=s/4/4; Str(s:7:2,s1);

Memo1.Lines.add('Ortacha='+s1);

end;

end.

Image komponentasi formaga rasmlarni joylashtirish uchun ishlatiladi. Joylashtirilishi lozim bо‘lgan rasmlar bitli fayllar (kengaytmalari .Bmp), piktogrammali (kengaytmalari .Ico), metafayllar (kengaytmalari .wmf) bо‘lishi kerak.

  Image komponentasi Additional palitrasida joylashgan bо‘lib, u


 kо‘rinishdagi piktogrammaga ega. Bu tugmachani bosib formadan rasm uchun joy ajratiladi va keyin esa xossalar bо‘limidan Picture xossasi tanlanib, u yerdan uch nuqtali tugmacha bosiladi. Natijada ekranda rasmni aniqlash va joylash uchun muloqat darchasi ochiladi. Muloqat darchasi quyidagi tugmachalarga ega:

 

Hususiyat

Mazmuni

Load

fayldan rasmni chaqirish;

Save

rasmni faylga saqlash;

Clear

tanlangan rasmni olib tashlash;

Ok

tanlangan rasmni ajratilgan joyga yozish;

Cancel

qilingan о‘zgartirishlarni bekor qilish.

 

  Shape komponentasi formaga aylana, tо‘rtburchak, ellips va boshqa shakllarni joylashtirish uchun ishlatiladi. Uning quyidagi xossalari mavjud:

  Brush -shaklni bо‘yash uchun chо‘tkacha;

  Pen -shakl chetini chizish uchun qalam;

  Shape -ekranga chiqadigan shaklni aniqlaydi:

             

Hususiyat

Mazmuni

StRectangle

tо‘rtburchak;

StSquare

kvadrat;

StRoundRect

chetlari aylana tо‘rtburchak;

StRoundSquare

chetlari aylana kvadrat;

StEllipse

ellips;

StCircle

aylana.

  Shape komponentasi ham Additional palitrasida joylashgan bо‘lib, u


 kо‘rinishdagi piktogrammaga ega. Bu tugmachani bosib formadan shakl uchun joy ajratiladi va keyin esa xossalar bо‘limidan Shape xossasiga kirilib kerakli shakl tanlanadi.

  PaintBox komponentaci formaga chegaralangan maydonda shakllarni chizish imkonini beradi.

  PaintBox komponentasi System palitrasida joylashgan bо‘lib, u


 kо‘rinishdagi piktogrammaga ega. Bu tugmachani bosib formadan shakl uchun joy ajratiladi va keyin esa xossalar bо‘limidan Shape xossasiga kirilib kerakli shakl tanlanadi.

 


Комментарии

Популярные сообщения из этого блога