LABORATORIYA MASHG’ULOTI. DELPHIDA MULOQOT DASTURI YARATISH.

1. Masalaning qo’yilishi

Quyidagi imkoniyatni yaratuvchi dastur tuzing.

Dastur ishga tushgandan so’ng, foydalanuvchi yozuv maydoniga o’z ismini kiritib, Enter tugmasini bosishi tavsiya etilsin.

Natijada oynada savol hosil bo’lib, Ha yoki Yo’q nomli tugmalardan biri tanlanadi, va ularga mos izoh namoyon bo’ladi.



Rasm 1.

 2. Dastur tuzish

1. Yangi forma yarating. Formaga Dialog deb nom bering.

2. Formaga quyidagi 2-rasmda ko’rsatilganidek qilib komponentlarni joylashtiring.

 

Rasm 2

3. Proektga nom bering va saqlang.

4. Dasturni ishga tushiring va  tugmasi yordamida dasturdan chiqing.

5. O’rnatilgan komponentlar uchun quyidagi hususiyatlarni belgilang:

 

Ajratilgan komponent

Ob’ektlar inspektori oynasi

Hususiyat nomi

Amal

BitBtn1

Properties

Caption

&Chiqish

Kind

bkClose

Label1

Properties

Caption

Ismingizni kiriting va  Enter tugmasini bosing

Edit1

Events

OnKeyPress

If key=#13 then

begin

Label2.Caption:=Edit1.Text + ‘, Kitob o’qishni yaxshi ko’rasizmi?’;

end;

Button1

Properties

Caption

Ha

Events

OnClick

Label3.Caption:=‘Juda yaxshi!’;

Button2

Properties

Caption

Zamenit na Net

Events

OnClick

Label3.Caption:=‘Nima uchun? O’qish kerak.’;

Label2

Properties

Caption

Komponent yozuvini  o’chiring

Label3

Properties

Caption

Komponent yozuvini  o’chiring

6. Proektni saqlang, ishga tushiring va dastur ishlashini sinab ko’ring.

 

3. Topshiriq

1. Foydalanuvchi ismini kiritib Enter tugmasini bosgandan keyingina Ha va Yo’q tugmalari faol holatga o’tishini ta’minlash.

Eslatma. Object Inspector oynasidan Ha va Yo’q tugmalarining Enabled xossasiga False qiymatini belgilang, Edit1KeyPressed prosedurasiga quyidagi kodni kiriting:

 Button1.Enabled := true;

 Button2.Enabled := true;

 

2. Takroran muloqotni amalga oshirish uchun Edit1, Label2, Label3 komponentlardagi mavjud qiymatlarni yo’qotish (tozalash).

Eslatma. Formaga yana bir BitBtn  komponentini joylashtiring. Komponentning Kind xususiyati uchun  bkRetry, Caption xususiyati uchun &Takrorlash qiymatini belgilang. Takrorlash tugmasi uchun quyidagi kodni kiriting:

Label2.Caption := '';

Label3.Caption := '';

Edit1.Text := '';

 

3. Qayta muloqotni tashkil etish uchun kiritish maydonini faol holatga keltiring.

Eslatma. faollashtirish uchun quyidagi kodni kiriting:

 Form1.ActiveControl := Edit1.

Natija:

Mustaqil ish topshiriqlari

  1. “Yashiringan sonni topish” nomli muloqot dasturini tuzing.
  2. “Dasturlash tillari” nomli muloqot dasturini tuzing.
  3. “Kompyuter turlari” nomli muloqot dasturini tuzing.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога