LABORATORIYA MASHG’ULOTI. SHARTLI O‘TISH OPERATORI YORDAMIDA DASTURLAR TUZISH.
Ma’lum bir
shartni bajarilishi yoki bajarilmasligiga qarab, tarmoqlanuvchi jarayon holatlari aniqlanadi. Tarmoqlanuvchi jarayonlarni hisoblash uchun
shartli operatordan foydalaniladi. Shartli operatori ikki xil kо‘rinishda
bо‘ladi:
· tо‘liq shartli operator;
· chala shartli operator.
Tо‘liq shartli operator quyidagi formada yoziladi:
if <mantiqiy
ifoda> then <operator> else <operator>
bu yerda if (agar), then (u xolda), else (aks
xolda) xizmatchi sо‘zlar.
Shunday
kilib, tо‘liq shartli operatorni quyidagicha
yozish mumkin:
if S
then S1
else S2;
bu yerda S
- mantiqiy ifoda;
S1 – S
mantiqiy ifoda rost qiymat qabul qilganda
ishlovchi operator;
S2 -S
mantiqiy ifoda yolg‘on qiymat qabul qilganda
ishlovchi operator.
Shartli
operatorning bajarilishi unda yozilgan S1 yoki S2 operatorlaridan birini
bajarilishiga olib keladi, ya’ni agar S mantiqiy ifoda bajarilishidan sо‘ng true
(rost) qiymati hosil bо‘lsa S1 operatori, aks holda esa S2 operatori bajariladi.
Tо‘liq shartli operatorga doir misollar:
- if a=2
then d: = x+2 else d: = x-2;
- if (x<y) and (z>5) then begin
y: = x * sin(x);
t: =x * cos(x) end
else begin y: = 0; t: =1 end;
·
if x<0 or x =3 then y: = x*x+1 else if x<2
then y: = sqr(abs(x-1)) else y: = x*x;
Chala (tо‘liqmas) shartli operatorning yozilishini
quyidagicha ifodalanadi:
if S
then S1;
bu yerda S
- mantiqiy ifoda, S1 - operator.
Agar S ifoda qiymati true (rost)
bо‘lsa S1 operatori bajariladi, aks holda esa boshqarish shartli
operatordan keyin yozilgan operatorga uzatiladi.
2.Tayyor
tuzilgan dasturlarning taxlili.
1-
Topshiriq: uchta x,y,z
son kiriting va tanlash oraqali ushbu funksiyalarning qiymatini hisoblang: u=sin(x) yoki u=cos(x) yoki
u=tg(x) Istalgan uchta son orasidan eng
kattasini max(u,y,z) yoki max (|u|,|y|,|z|) toping.
procedure
TForm1.FormCreate(Sender: TObject);
begin
Edit1.text:='0,1';
Edit2.text:='0,356';
Edit3.text:='0';
Memo1.Clear;
Memo1.Lines.Add('Natija.');
end;
procedure
TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var x,y,z,u,ma:extended;
begin
//
Memo1 oynasiga chiqadigan qiymatlar
x:=StrToFloat(Edit1.Text);
Memo1.Lines.Add(' x='+Edit1.Text);
y:=StrToFloat(Edit2.Text);
Memo1.Lines.Add(' y='+Edit2.Text);
z:=StrToFloat(Edit3.Text);
Memo1.Lines.Add(' z='+Edit3.Text);
// Bosilgan tugmani tekshirish
va keyingi funksiyaga о‘tish.
case RadioGroup1.ItemIndex of
0: u:=cos(x);
1: u:=sin(x);
2: u:=sin(x)/cos(x);
end;
// CheckBox1 tugmasini holatini tekshirish.
if
CheckBox1.Checked then
begin
u:=abs(u);
y:=abs(y);
z:=abs(z)
end;
// Uchta son orasidan eng kattasini topish
if u>y then ma:=u else ma:=y;
if z>ma then ma:=z;
if
CheckBox1.Checked then
Memo1.Lines.Add('maxabs='+FloatToStrF(ma,ffFixed,8,2)) else
Memo1.Lines.Add('
max='+FloatToStrF(ma,ffGeneral,8,2));
end;
end.
Mustaqil ishlash uchun vazifalar.
(Vazifalarda F(x)-funksiya talaba tomonidan mustaqil aniqlanadi, masalan, F(x)=sinx )
|
15.Berilgan uch xonali sonning kamida ikkita
raqami teng bо‘lsa n-kattalikga 1, teng bо‘lmasa 0 raqamini
ga о‘zlashtirish dasturini tuzing.
16. a,b,c va d sonlar orasidan
kattasini aniqlovchi dastur tuzing.
17. Ixtiyoriy uchta a, b va s sonlarni kamayish tartibida joylashtiring
19. Berilgan tenglamalar sistemasi
yechimini aniqlovchi dastur tuzing.
20.
Tasodufiy yaratilgan 5 ta natural sonlarning yig‘indisini juft yoki toq
ekanligini aniqlash dasturini tuzing.
21. Berilgan 3 ta sonni о‘sish tartibida joylashtiring.
22.
Tasodufiy yaratilgan k natural sonining
tub son yoki tub emasligini aniqlovchi dastur tuzing.
23. M(x,y) nuqta y=kx+b tо‘g‘ri chiziqga tegishli ekanligini aniqlang.
24. ax+b=0 tenglama ildizlarini aniqlang.
25. Agar 3 ta har xil x, y, z
butun sonlar yig‘indisi 1 dan kichik bо‘lsa u holda bu uchta sondan eng kichigini
qolgan ikkitasining yarim yig‘indilari bilan almashtiring aks holda x va
y lardan kichigini qolgan ikkitasi
yarim yig‘indilari kvadrati bilan almashtiring.
26. 1 dan 99 gacha bо‘lgan k butun sonni hisobga olib “menga
k yosh”, degan jumlani ekranga
chiqaring.
27. M(x,y) nuqtaning markazi va
raduisi berilgan aylanaga tegishliligini aniqlovchi dastur yarating.
28. Oy tartib raqami kiritilganda uning qaysi faslga tegishliligini aniqlovchi dastur yarating.
29. Berilgan jadval bо‘yicha ishchining oylik maoshi M-ga mos soliq
miqdorini aniqlang.
holatlar |
Maosh miqdori |
soliq miqdori |
1 |
15000 <=M |
3 foiz |
2 |
15000<M<35000 |
8 foiz |
3 |
35000<=M<=105000 |
15 foiz |
30. x va y butun sonlar.
Ularning qiymatiga kо‘ra M(x,y)
nuqtaning qaysi chorakga tegishli ekanligini aniqlovchi dastur yarating.
Комментарии
Отправить комментарий