LABORATORIYA MASHG’ULOTI. DELPHI DASTURLASH MUXITIGA KIRISH.

Nazariy materiallarga tayangan holda  Delphi dasturlash muxiti bilan tanishish uchun quyidagi ko’rsatmalarni bajaring:

.Komp’yuterga dasturlash  muxitini yuklang, buning uchun quyidagi ketma-ketlikdagi amallarni bajaring:  «Pusk→Vse programmi→Borland Delphi 7→Delphi 7» va dasturlash muxitining asosiy oynalari bilan tanishing.


2.Asosiy oyna yordamida yaratilayotgan dastur loyihasini boshqarishning zaruriy funksiyalari bajariladi. Uning xossalari bilan tanishing:

  • Hamisha ekranning yuqori qismida joylashadi;
  • Uni ekran bo’yicha «yoyish»  amali uning andozalarini o’zgartira olmaydi;
  • «Svernut’» amali muxitning barcha oynalari yopish, «Zakrit’» amali dasturdan chiqish imkoniyatini  beradi;

· Bu oynada instumental tugmalar, komponentlar palitrasi va menyular (ichki menyular) joylashgan;

 

  3.Instrumental tugmalarning standart ko’rinishi va uni nostandart   ko’rinishga keltirish(Standard, View, Debug, Custom, Desktops, Internet guruhlari bilan tanishish). Buning uchun asosiy menyuda kursorni joylashtirib, kontekstli menyuni chaqirib va undagi holatlarni o’zgartirib asosiy oynadagi instumentlar panelini kuzating.

 

4. Instrumentlar panelidan ayrim guruhlarni o’chirish yoki tiklash amalini bajarib ko’ring.

5. Customize bandidan ixtiyoriy kategoriyadan ixtiyoriy 5-ta buyruq piktogrammasini Separator bilan ajratgan holda  instrumentlar paneliga joylashtiring.

6. Dasturlash muhitining oynalari bilan ishlash. Delphining 5-versiyasidan boshlab, dasturchi o’zi uchun qulay bo’lgan oynalarni kerakli bo’lgan o’lchamlar bilan ekranga joylashtiradi va bu holatni u Desktops guruxi elementlari yordamida bajara oladi ( Bajarib kuzating).

7.  Komponentlar palitrasi oynasi bilan tanishish. Palitra ustida o’ng tugma yordamida kontekstli menyu oching va Properties (Xossalar) buyrug’i bilan tanishing, ammo hozircha biror komponentlarni o’chirmang, faqat ayrim bandlar (komponentlar guruxini) o’rnini olib o’tish yo’li bilan almashtirishingiz mumkin.

8.Forma oynasi bilan tanishish. Bu oynadagi boshqaruvchi tugmalar, uning dastlabki qadamlarda bo’shligi, sarlavhalar qatori va chegara chiziqlari hamda ko’rinishiga  e’tibor bering. Ishchi sohadagi nuqtalar zichligi kamaytiring (yoki kattalashtiring), nuqtalarni ko’rinmas holga keltiring. Buning uchun, Tools menyusining Environment options guruhining Designer bandi buyruqlari bilan  ishlab ko’ring.

9. Ob’ektlar shajarasi oynasi bilan tanishish. Formaga bir necha komponent joylashtiring. Sichqoncha tugmasini bosish yo’li bilan (bir va ikki marotaba) yuzaga kelgan holatlarni kuzating va xulosalar chiqaring.

10. Ob’ektlar inspektori oynasi bilan tanishish. Formada bir necha komponent joylashtiring va ketma-ket xar bir komponent xossalarini mazkur oynada kuzating va imkon boricha ayrim xossalar parametrlarini o’zgartirib ko’ring va kerakli xulosalar chiqaring. Masalan, ob’ektning  nomi, o’lchamlari, rangi, undagi yozuv parametrlarini o’zgartiring, shuningdek ob’ektlar inspektori oynasi uchun kontekstli menyu oching va Arrange→ By Category buyruqlari yordamida kategoriyalar bo’yicha tartiblangan xossalar va hodisalar ro’yxatini xosil qiling.

 

11.  Dastur kodi oynasi bilan tanishish. Bu oyna yaratilayotgan dastur matnini kiritish va tahrirlash uchun mo’ljallangan. Bu oynani ochgan zahoti u quyidagi ko’rinishda bo’ladi:

unit Unit1;

interface

uses

  Windows, Messages, SysUtils, Variants, Classes, Graphics, Controls, Forms,

  Dialogs, StdCtrls;

Type   TForm1 = class(TForm)

    Label1: TLabel;     Button1: TButton;

  private

    { Private declarations }

  public

    { Public declarations }

  end;

var

  Form1: TForm1;

implementation

{$R *.dfm}

end.

Dasturning yuqori qismini Delphining o’zi boshqaradi va biz hozircha bu qismga o’zgartirishlar kirita olmaymiz, kerakli buyruqlarni esa   {$R *.dfm} va end qatorlari orasiga joylashtiramiz. Dastur kodi oynasi bilan birgalikda kod brauzeri oynasi ham faollashadi va bu oyna ko’p kodlar qatori terilganda kerakli elementni tez qidirib topishga yordamlashadi. SHuningdek, quyi qismida joylashgan Diagram yorlig’i komponentlarning o’zaro bog’lanishi diagrammasini beradi va bu komponentlar bilan ishlashni osonlashtirish imkoniyatini  beradi.

12.Qo’shimcha material. Standard bandining komponentlarini formaga joylashtirish va ularning xossalarini o’rganish.

    • frame komponenti- boshqa komponentlarni uchun konteyner vazifasini bajaradi
    • yaratilgan freymdan zarur hollarda formaga joylashtirish uchun ishlatiladi
    • frame1, frame2 kabi nomlar bilan nomlanadi

Freym qo’yidagicha yaratiladi(file→New→Frame). YAratilgan freymga bir necha komponentni joylashtiring. Bu ishni bir necha freym uchun takrorlab, yangi forma yarating  va ko’rsatilgan holatdagidek ko’rinish yarating.


Mustaqil ishlash uchun vazifalar

1.   Formaga ishlov berish uchun Delphi oynalaridan iborat oynalar konfigurasiyasini ularning holati va andozalarini hisobga olgan holda yarating va mos nomlar bilan saqlab qo’ying.

2.  Ob’ektlar inspektori yordamida  formaga  joylashtirilgan 5 komponentning sodda va tarkibiy xossalarini aniqlang.

3. Ob’ektlar inspektoriga mos keluvchi kontekstli menyuning Stay on Top va Arrangeà By Category  buyruqlarining vazifalarini aniqlang.

4.   Formaga  5 ta ixtiyoriy komponentni joylashtiring. Ularning xossalarni o’zgartiring. F9 tugmasi yordamida kompilyasiya, komponovka va bajarilish jarayonini kuzatib ish stolida yaratilgan «Birinchi» jildga alohida nom bilan modul fayli va loyiha fayllarini saqlang. Hosil bo’lgan EXE- faylni toping va ishga tushirib xulosa chiqaring.

5.   Ishchi sohadagi nuqtalar zichligi kamaytiring (kattalashtiring), yoki nuqtalarni ko’rinmas holga keltiring.

6. Nom berishda lotin va kirill alifbosidan,  “bo’shliq”,  satr osti chizig’idan, raqamlardan turli kombinasiyalar orqali foydalanib, (masalan: perimetr, 1as, As1, 767, _er, rad_ay_45 ) nom berishdagi qoidalarni aniqlang.

7.    Uchburchakka ichki va tashqi chizilgan aylanalar radiuslarini hisoblovchi dastur uchun formani jixozang va bunda forma hamda komponentlar xossalaridan foydalaning.

Formaga label1 komponentini

joylashtiring. Unda «MEN va DELPHI» yozuvini  aks  ettirib, statik xossalarni belgilang. Button1 komponenti orqali  xossalarni dinamik xolatda o’zgartiring.

 

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога