6-МАVZU. ALGORITMLARNI ISHLAB CHIQISH USLUBLARI

Algoritmlarni yaratish ijobiy ish, shuning uchun ixtiyoriy zarur algoritmlarni tuzish imkonini beradigan bir umumiy usul mavjud emas. Lekin algoritmlarni ishlab chiqishni asoslangan oddiy sxemalarini beradigan ko’pgina algoritmlashtirish nazariyalari bor. Bunday sxemalar va yangi algoritmlarni paydo qilishning o’rtasida qattai bog’liqlik kuzatiladi. Tez uchraydigan va ko’p foydalaniladigan usullarni quyidagicha ajratib olish mumkin:

1.                 Algoritmlarni konstruksiyalash. Bu usulda yangi algoritm mavjud algoritmlardan tarkibiy qismlar sifatida foydalanib, bir-biriga moslab bir butunlik hosil qilish yo’li bilan ishlab chiqiladi.

2.                 Algoritmlarni ekvivalent qayta ishlash. Ikki algoritm ekvivalent hisoblanishi uchun quyidagi shartlar bajarilish kerak:

-                Bittasi uchun mumkin bo’lgan dastlabki berilganlar varianti, ikkinchisi uchun ham mumkin bo’lishi kerak.

-                Bir algoritmni qandaydir dastlabki ma’lumotga qo’llanilishi, ikkinchi algoritmni ham shu berilganga qo’llanilishiga kafolat beradi.

-                Bir xil dastlabki berilgan ma’lumot uchun ikkala algoritm ham bir xil natija berishi. Lekin bu algoritmni ikki xil shakllarini ekvivalent deb nomlash noto’g’ridir.

Shunday qilib, algoritmni ekvivalent qayta ishlash deb, natijada dastlabki algoritmga ekvivalent algoritmni paydo qiladigan o’zgartirilishlarga aytiladi.

Misol tariqasida, algoritmni bir tildan boshqa tilga o’tkazishni keltirish mumkin. Shu bilan birgalikda algoritmni ekvivalent qayta ishlash usuli bilan keskin o’zgartirish mumkin, lekin bu holda asosiy e’tiborni dastlabki algoritmga nisbatan yahshi algoritmni yaratishga berish kerak.

       3. Toraytiruvchi o’zgartirishlar. Bunday o’zgartirishlar natijasida dastlabki algoritmlar yechish kerak bo’lgan masalalarning xususiy holati yechimi algoritmlari ishlab chiqiladi. Odatda, bu usulda ekvivalent qayta ishlash jarayonida algoritmni ixchamlashtirish maqsaddida foydalaniladi.

       4. Formal usulni matematikaga bog’liq bo’lmagan muammoga qo’llash. Buyerda matematik muammo matematik ko’rinishga o’tkazilib, uning algoritmini ishlab chiqishga uriniladi. Agar o’xshash matematik masala yechimining algoritmi ma’lum bo’lsa, undan foydalaniladi.

 

Takrorlash uchun savollar

1. Har bir usul bo’yicha algoritm tuzishga misol ko’rsating.

2. Algoritmni ishlab chiqish uchun yana qanday usullarni bilasiz?

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога